Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov ilm-fandan işlab çiqarişga kiriş, fan yutuqlari va tarmoq faoliyatini integratsiya qiliş masalasida öz munosabatini bildirdi.
Xalqaro press klubning Fanlar akademiyasi faoliyatiga aloqador masalalariga bağişlangan navbatdagi sessiyasida savollarga javob bergan vazir ilmiy tadqiqot institutlarining açinarli holga kelib qolganini ta'kidlab, buning sababi işga bölgan munosabat bilan boğliq ekanligini aytdi.
«Munosabatni özgartirmas ekanmiz, har qança mablağ bersak ham, moddiy-texnik bazani yaxşilasak ham, bu narsa özgarmaydi. Munosabat deganda, ilmni innovatsiyaga aylantirişga bölgan munosabatga köproq urğu bermoqçiman. Şu paytgaça ilmni innovatsiyaga aylantiriş bilan şuğullanmadik. Köproq kaşfiyotlar, maqolalar bilan şuğullandik. Bugun şu munosabatni özgartirmas ekanmiz, ilmiy natijalarni innovatsiyaga, ya'ni mablağga aylantirişga özimizni bağişlamas ekanmiz, bunda özgariş bölmaydi», — deydi u .
Şundan keyin, u ötgan vaqt mobaynida qilingan işlar haqida gapirib, ilmiy işlanmalarni moliyalaştiriş masalasiga ham töxtaldi.
«Ikkinçidan, biz ilmni mablağga aylantirib, uning natijasini özimiz körganimiz yöq. Ya'ni rağbatni hali sezganimiz yöq edi. Biz Fanlar akademiyasi olimlari bilan Prezidentimizning ötgan yilgi PQ-3855 qarorlari asosida ilmni innovatsiyaga aylantiriş, ya'ni tijoratlaştirişning qonuniy bazasini yaratdik. Unda har bir yaratilgan işlanmani tijoratlaştirilgandan keyin körilgan foydaning 40 foizi olimning öziga, 30 foizi uning jamoasiga beriladigan böldi. Bu juda katta imkoniyat. Şuningdek, ilgarilari institutlarda ilmiy işlanmalar atrofida birorta korxona tuziş imkoni yöq edi. Hozirda bunga imkoniyat paydo böldi. Uçinçidan, qaror bilan belgilab berildiki, olim-tadbirkor-bank uçligi yaratildi. Şu yöl bilan innovatsiya kompaniyalari tuziş oldimizga qöyilgan. Hozirga kelib Fanlar akademiyasining qator institutlari bilan 62ta işlanmalarni tijoratlaştirişni yölga qöyyapmiz va bu böyiça 19ta investitsion kompaniyalarni işga tuşirib yubordik. Bu, albatta, işning boşlanişi, yil oxirigaça bu kabi innovatsion işlanmalarni yuztaga yetkaziş oldimizdagi vazifalardandir», — deydi Ibrohim Abdurahmonov.













