Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London metrosida politsiya pichoq bilan qurollangan shaxsni qo‘lga oldi
Foto: Reuters
Londonda politsiya xodimlari pichoq bilan qurollangan erkak kishini qo‘lga olishdi. Bu haqda mahalliy politsiya tvitterda xabar berdi.
«Politsiyachilar Deyv va Chim erkak kishini qo‘lga oldilar, u metroda pichoq bilan yurgan. Uning ma'lum qilishicha, pichoq «o‘zini o‘zi himoya qilish» uchun kerak bo‘lgan», - deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, erkak kishi qurol olib yurishda gumonlanib qo‘lga olindi.
Kecha London metrosida portlash yuz bergandi. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi, portlash esa terakt sifatida baholandi. London metrosidagi portlash uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
11:09 / 02.05.2026
Toshkent metrosining yer usti halqa yo‘li soat 5:00 dan ishlay boshladi
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
23:31 / 18.03.2026
Hayit kuni Toshkent shahrida jamoat transporti o‘z ishini soat 4 dan boshlaydi
09:20 / 28.02.2026