Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 sentabr kuni «Nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
Qaror bilan Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, Toşkent şahar va viloyatlar hokimliklarining 2018 yilning 1 yanvaridan boşlab yuridik şaxslar tomonidan mulkçilik va taşkiliy-huquqiy şakllaridan qat'i nazar, nodavlat ta'lim xizmatlari körsatişni litsenziya asosida amalga oşiriş tartibini joriy etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş faoliyatini yanada rivojlantirişning asosiy yönaliş va vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
iqtidorli bolalar va iste'dodli yoşlarni aniqlaş va qöllab-quvvatlaş orqali ta'lim-tarbiyaning yuqori sifatini ta'minlaydigan qulay şart-şaroitlar yaratiş;
soğlom raqobat muhitini şakllantiriş uçun an'anaviy ta'lim xizmatlari bilan bir qatorda sifatli va ommabop ta'lim olişning muqobil imkoniyatlarini yaratadigan pullik ta'lim xizmatlari körsatiş bozorini jadal rivojlantiriş;
ilğor xalqaro tajribalarni inobatga olib, öqitişning innovatsion pedagogik şakllari, uslublari hamda zamonaviy texnologiyalaridan foydalaniş asosida ta'lim sohasidagi samaradorlik va natijaviylikni oşiriş.
Belgilanişiça, nodavlat ta'lim xizmatlari faoliyati bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar:
öz faoliyatini davlat ta'lim standartlari va talablar asosida amalga oşiradi;
amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga qat'iy rioya qilgan holda yuqori malakali pedagog va boşqa kadrlar bilan ta'minlaş, ta'lim-tarbiya jarayonini taşkil etiş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş çoralarini köradi;
öqiş muddati va şartlari, tölov miqdori, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boşqa şartlar belgilangan şartnomaga muvofiq ta'lim oluvçilarning ota-onalari yoki boşqa qonuniy vakillari bilan özaro munosabat örnatadi;
öz faoliyatini aholiga pullik ta'lim xizmatlarini körsatiş, xayriya fondlari va grantlardan kelib tuşgan mablağlar, şuningdek, qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiradi;
bitiruvçilarga davlat namunasidagi ta'lim töğrisidagi hujjat beradi.

















