Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy: AQShning BMTni isloh qilish bo‘yicha takliflarini 120 davlat qo‘llab-quvvatladi
AQShning BMTni isloh qilish bo‘yicha takliflarini 120 davlat qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda 15 sentabrda AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli Oq uyda jurnalistlar uchun tashkil etilgan maxsus brifingda ma'lum qildi. Brifing AQSh prezidenti Donald Trampning BMT Bosh assambleyasidagi ishiga bag‘ishlangandi.
Xeylining aytishicha, “120 ta davlat bu hayratlanarli raqamdir”. Uning ta'kidlashicha, bu davlatlar “Tramp ma'muriyati bildirgan takliflarni qo‘llab-quvvatlaganlar” va bu takliflarni muhokama qilish uchun Oq uy tomondan tashabbus bildirilgan bir kunlik sammitda ishtirok etishadi. Bu sammit BMTning bosh qarorgohida 18 sentabrda o‘tadi.
Xeyli sammitda muhokama qilinadigan ikkita mavzu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi, bular: BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashini qayta tashkillashtirish zarurligi va tinchlikparvar operatsiyalariga ketadigan xarajatlar.
Mart oyida AQSh davlat kotibining yordamchisi o‘rinbosari Erin Berkli Jyenevada BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashida ishtirok etib, “Bu kengash ishonchga ega bo‘lishi va muvaffaqiyatli ishlashi uchun nosamarador va muvozanatlashmagan pozitsiyalardan chetlashishi kerakligini” aytgandi. Politico nashri esa Tramp ma'muriyati kengash nosamarador ishlayotgani va Isroilga nisbatan noxolis munosabatda ekanligi sababli undan chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma'lum qilgandi.
“Hozirda har qachongidan inson huquqlariga rioya qilish uchun kurashish muhimdir”, deb aytgan Xeyli.
Xeyli tinchlikparvar operatsiyalarga to‘xtalib, “ular samaraliroq o‘tkazilishiga erishishimiz kerak” deb aytgan. “Oxirgi bir necha oy ichida biz har bir amalga oshirilayotgan tinchlikparvar missiyani tahlil qilib, ularni o‘zgartirdik. Natijada yarim milliard tejashga muvaffaq bo‘ldik”, deb aytgan Xeyli.
BMT kotibiyatida ta'kidlanishicha, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish yaqin kunlarda o‘tadigan forumni “juda muhim tadbir” deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026