Chet tilidagi bilimlaringizni mustahkamlash uchun ishonchli o‘quv markazi qidiryapsizmi? U holda Toshkent markazida joylashgan Opal Education o‘quv-markazimizga murojaat qiling.
Chunki…
O‘tgan yilgi natijalarga ko‘ra, o‘quv markazimizda tayyorlanganlarning 95 foizi talabalik baxtiga sazovor bo‘lishdi. Kam bo‘lsa-da, o‘qishga kira olmaganlar ham Toshkentdagi xalqaro universitetlarning qo‘shimcha o‘quv o‘rinlari uchun yetakchi davogar bo‘lib turishibdi.
Bizda ingliz tili bo‘yicha malakali o‘qituvchilar sizning kun tartibingizga mos ravishda – haftada 5 kun (dushanbadan jumaga qadar) yoki haftasiga uch kunlik dars jadvalini taklif qiladilar. Markazimizdagi o‘qituvchilar yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tajriba orttirgan bo‘lishlari bilan bir qatorda, sizga dars berishdan oldin markazimizning maxsus treninglarda ham qatnashganlar.

Opal Education’da ingliz tilini o‘rganish bilan milliy va xalqaro oliy ta’lim muassasalari, xususan, hozirgi kunda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Vestminster universiteti, Turin politexnika unirvesiteti, Inha universitetining kirish imtihonlari uchun ham zarur darajada tayyorgarlik ko‘rish mumkin.
Matematika darslarining ingliz tilida olib borilishi — o‘quvchilarga shunday qo‘shimcha imkoniyatlardan biri.
Opal Education’ning ko‘pchilikni o‘ziga jalb qiluvchi yana bir jihati: IELTS imtihonlarida yuqori ballning kafolatlanishidir.
Markazimizda olti oy o‘qib, IELTS’dan 8 ball olgan o‘quvchilar bo‘lganini hisobga olsak, uch oylik ta’lim davomida o‘quvchilarimiz IELTS’dan odatda 7-7,5 ball, kamida esa 6 ball to‘play olishadi.

Bunga sabab o‘quv markazimizning maxsus dars o‘tish usulida. Bu qanday amalga oshishini qisqacha tushuntiramiz: Boshlovchilar ingliz tili o‘qishni bitta o‘qituvchining qo‘lida boshlaydi. Pre-IELTS’dan esa boshqa malakali o‘qituvchilar o‘qitadi va hamma IELTS o‘quvchilar yakunda yetakchi mutaxassisimiz tayorgarligidan o‘tadi — muvaffaqiyatimizning kichik siri shunda J
















