Hukumat qarori bilan professional ta’lim muassasalarida qöşimça kvalifikatsiyalar böyiça 6 oygaça bölgan qisqa öquv kurslari orqali öqigan fuqarolarga beriladigan davlat namunasidagi sertifikatning yangi tahriri tasdiqlandi.
Unga köra, ikki oy muddatda:
- kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlarda qöşimça kvalifikatsiyani egallaş böyiça beriladigan yangi namunadagi sertifikat bir vaqtning özida özbek, rus va ingliz tillarida böladi;
- sertifikat elektron şakllarini QR-kod yordamida oliş ham mumkin.
Fuqarolar xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida ortiqça ovoragarçiliksiz uşbu sertifikatdan foydalana oladi.
Ma’lumot uçun, bugungi kunda 255 ta professional ta’lim muassasasida 24 mingga yaqin fuqaro 102 turdagi kasb böyiça qisqa muddatli kurslarda öqitilmoqda.
















