Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida Gruziya Boş vaziri Georgiy Kvirikaşvilini qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Gruziya Özbekistonning Kavkaz mintaqasidagi muhim hamkoridir. Mamlakatlarimiz örtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izçil rivojlanmoqda. Joriy yilning ötgan 8 oyida özaro tovar ayirboşlaş hajmi 20 foiz oşgan.
Uçraşuvda tovar ayirboşlaş hajmini yanada oşiriş va nomenklaturasini kengaytiriş, savdo-sanoat palatalari örtasidagi aloqalarni faollaştiriş, savdo uylari taşkil etiş va qöşma körgazmalar ötkaziş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston Gruziyaga avtomobillar, töqimaçilik va elektr texnikasi mahsulotlari eksport qiliş, Gruziya yöllari orqali jahon bozoriga çiqişdan manfaatdor. Gruziya mamlakatimizdan meva-sabzavotlar xarid qilişi, vinoçilik sohasida qöşma korxonalar taşkil etişi mumkin.
Xalqlarimiz örtasida döstlik va özaro hurmat qaror topgan. Özbekistonda gruzin millatiga mansub fuqarolarimiz mamlakatimiz hayotida faol iştirok etmoqda. Bu madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga mustahkam asos bölmoqda. Joriy yilning may oyida mamlakatimizda Gruziya madaniyati va kinosi kunlari muvaffaqiyatli ötdi.
Şavkat Mirziyoyev va Georgiy Kvirikaşvili uçraşuvda özaro hamkorlikni barça yönalişlarda yanada rivojlantiriş uçun ulkan salohiyat mavjudligi, bu mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilişini qayd etdi.
Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalarga ham e'tibor qaratildi.

















