Foto:picharging.com

Simsiz zaryadlaş texnologiyasiga butun dunyoda talab katta, biroq barça simsiz zaryad qurilmalari baribir smartfonlarning maxsus maydonga joylanişini közda tutadi. Pi startapi ostida birlaşgan tadqiqotçilar guruhi mobil qurilmalarning 30 santimetr masofadan quvvatlanişini ta'minlovçi haqiqiy simsiz zaryadlaş tizimini işlab çiqdi. Startap saytida şunga doir ma'lumotlar taqdim etildi. 

Foto:picharging.com

Simsiz zaryad qurilmasining taşqi körinişi nafis va ixçamdir. Foydalanuvçilar konusning atrofiga smartfon va planşetlarini qöyib, ularni zaryadlaşlari mumkin böladi. Pi Çarger'ning ta'sir doirasi - 30 santimetrdan oşmaydi. Innovatsion işlanmaning ta'sir etiş tamoyili zaryadlanayotgan obektga yönaltirilgan nurni şakllantiriş bilan rezonansli induksiya texnologiyasiga asoslangan. 

Foto:picharging.com
Foto:picharging.com

Pi Charger atrofiga 4 tagaça qurilmani qöyib, ularni 10 Vt'gaça maksimal quvvat bilan zaryadlaş mumkin. Şunday bölsa-da, taqdimot marosimida 4 smartfon va 1 planşet zaryadlanişi namoyiş qilindi. Işlab çiqaruvçilarning ta'kidlaşlariça, quvvat olayotgan qurilmalar 4 tadan köp bölişi mumkin, biroq bu zaryadlaniş samaradorligi va uning tezligiga ta'sir körsatadi. 

Foto:picharging.com
Foto:picharging.com