Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvçi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyoş energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovçi qurilmalarni yaratiş va rivojlantiriş loyihasi amalga oşirilmoqda.

Energetika vazirligi xabariga köra, Özbekiston iqlim şaroitini hisobga olgan holda energiya saqlaş tizimiga ega bölgan quyoş fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmoği bilan parallel holda işlaydigan elektromobillarni tez zaryadlaş qurilmasi işlab çiqildi.

Ta’kidlanişiça, har bir tizim yiliga 32 ming kVt soat elektr energiyasi işlab çiqaradi. Bunda, 950 ta elektromobilni zaryadlaş imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar çiqişi oldi olinadi.