Şvetsiyada qurilgan elektromobillarni zaryadlovçi yöl uzunasiga 2 kilometr bölib, Stokholm va Stokholm-Arland aeroportini birlaştiruvçi yöl uçastkasida joylaşgan. The Guardian şunday yangilik bilan bölişdi.
Innovatsion yöl qurilişi uçun eRoadArlanda kompaniyasi javobgar. Elektr energiyasini yetkaziş uçun kontakt relslardan foydalanilgan. Avtomobilni elektron tarmoqqa ulaş uçun avtomobilning tagiga örnatiladigan köçma tok qabul qilgiç (tokopriyomnik)lar qöllaniladi. Elektromobil kelgan taqdirda, relslarga avtomatik ravişda elektr toki uzatiladi.
Bunday yölda batareyani quvvatlantiriş uçun tölov kiritişga töğri keladi. Tölov maşina egasining zaryadkaga ulanişi davomida sarflangan energiyaga qarab olinadi.
"Zaryadlovçi" yöl qurilişi tramvay liniyasi ötkazişga qaraganda 50 baravar arzonroqqa tuşar ekan. Xususan, bir kilometr şunday yöl 1 million yevroni taşkil qilgan. Bunday yölning joriy qilinişi içki yoniş dvigatellariga ega avtomobillardan çiquvçi zararli moddalar çiqindilarini sezilarli darajada kamaytiriş imkonini beradi. Şvetsiya hukumati elektr yöllar tarmoğini rivojlantirişni 2030 yilgaça içki yoniş dvigatellariga ega avtomobillar sonini qisqartiriş rejasiga kiritdi.
Tizim qanday işlaydi?
Kerakli paytda dastak pastga tuşib, rels bilan aloqaga kirişadi. Masalan, haydovçi boşqa bir maşinadan özib ketişga urinsa, dastak kötariladi.
Rels transport vositasi bevosita yuqorida bölgandagina faollaşuvçi seksiyalarga ajratilgan. Tizim şuningdek maşina qaçon töxtaşini ham biladi va tokni öçiradi.
Bunday kompleksni örnatiş işlarini minimal sarmoyalar bilan ham amalga oşiriş mumkin. Relslar mavjud yöllarga integratsiya qilinişi mumkin va heç qanday yirik qurilişga hojat qolmaydi.
Bunday elektrifikatsiya har qanday turdagi maşinaga töğri keladi - yengil maşinalardan to yuk maşinalarigaça. Şahar jamoatçilik transporti şuningdek köçalarni son-sanoqsiz simlardan ozod qilib, uşbu konsepsiyani qöllaşi mumkin.
Bu tizimning eng katta muammosi avtomobilga qöşimça uskunalarni örnatişdan iborat. Xizmat bepul bölmas ekan, elektr energiyasi uçun hisob keladigan algoritmni taşkillaştiriş kerak.
















