Yilning eng innovatsion haftasi – ICTWeek 2017 doirasida VEON kompaniyalar guruhidan bir paytning özida ikki spiker qatnaşdi. VEON boş ofisining vakillari CIO Summit, ICT-Forum doiralarida öz taqdimotlari bilan qatnaşdilar, şuningdek ICTExpo körgazmasiga taşrif buyurdilar.

“Moliyaviy sektordagi raqamli transformatsiya” bölimi doirasida VEON taşqi aloqalari böyiça direktori Tomas Lamanauskas raqamli transformatsiyaning istiqbollari va trendlari haqida batafsil sözlab berdi. Taqdimot çoğida u big data‘dan foydalaniş tendensiyalari, sarmoyalar va digital-bozorning transfotmatsiyalari haqida sözladi. Spiker forum iştirokçilariga raqamli transformatsiyaning VEON guruhlar kompaniyasi va eng yirik dunyo brendlari misolida xalqaro tajriba bilan bölişdi, şuningdek VEON global digital-platformasining işga tuşirilişini e'lon qildi.

Tomas Lamanauskas
Foto: VEON 

ICT-Forumning ikkinçi kuni butunlay IT-infrastrukturaga bağişlandi. Mazkur maydonça doirasida yetakçi IT-ekspertlar va soha kompaniyalarining vakillari bulutli yeçimlarning rivojlanişi istiqbollari haqida, soft-dasturlaş, blokçeyn va «aqlli» şahrlar uçun infratuzilmaviy yeçimlar haqida fikr almaşdilar. Mazkur seksiya doirasida VEON AKT-xizmatlari böyiça B2B direktori Kumar Klifford sözga çiqdi. U bulutli servizlarning avzalligi, şunibdek dunyoda keng kölamli qöllanadigan tajribalar haqida batafsil sözladi.

“AKT-xizmatlarini rivojlantiriş Özbekistonda biznes imkoniyatlari uçun katta istiqbollar oçadi. Xususan – yangi bozorlarga çiqiş, biznesning asosiy yönalişlariga fokusni qaratiş, eng yangi texnologiyalardan foydalaniş va, albatta biznes transformatsiyasining eng katta istiqbollari. VEON kompaniyasi uçun Özbekistonda AKTning bulutli texnologiyalar bazasida rivojlanişini köriş muhimdir. Ayni paytda biz şunday bulutli xizmatlarni joriy qilmoqdamiz va ulardan mijozlar bir zumning özida foydalana olişadi”, - belgilab ötdi Kumar Klifford.

Kumar Klifford
Foto: VEON 

Şuningdek 19 sentabr kuni janob Klifford «Bulutli yeçimlarni telekommunikatsiyalarga transformatsiya qilinişining global tendensiyalari» mavzusi bilan CIO Summit‘da qatnaşdi. Tadbir doirasida VEON vakili biznesni transformatsiya qiliş çoğida aloqa operatorlari niamlarga ahamiyat berişlari haqida batafsil sözlab berdi.