22-23 sentabr kunlari bölib ötayotgan «Özbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasidagi taşqi siyosiy faoliyati» mavzusidagi davra suhbatida iştirok etgan Maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti Igor Nikolayçuk öz tajribasidan kelib çiqib, Özbekiston hayotidagi islohotlarga töxtalib ötdi.

«​Men Rossiyada işlab çiqilgan ilk Milliy xavfsizlik konts​yeptsiyasini tuzgan jamoa a'zolaridan biriman. Ming afsuski, bu hujjat qabul qilinmagan. Bu öşa davrda hukumat tepasida bölgan rahbarlarning qaraşi va mamlakatdagi vaziyat bilan boğliq qaror edi.

Şunga qaramay, konsepsiya​sini işlab çiqariş mobaynida hujjatni amaliyotga tatbiq etişning köplab parametrlari oydinlaşdi. Zamonaviy tilda esa buni implementatsiya, deb qöya qolamiz.

Avvalo, hujjat özida qanday kuç va irodani ifoda etişini aniqlab oliş lozim. Bu örinda u jamoatçilik, hukumat tartibida yo tavsiyaviy va majburiy xarakterga ega bölişi mumkin. Men uçun tuşunarsiz holat bu - Harakatlar strategiyasi hujjati prezident qarorimi, siyosiy partiyalar irodasimi yoki xalqning talabmi? Uni keng jamoatçilikka qanday taniştiriş kerak?!

Uning qanday nomlanişi va taqdim etiş yölini biliş kelgusida hujjat bandlarida belgilangan taşabbuslarni samarali ijro etişda qöl keladi. Harakatlar strategiyasi prezidentning şaxsan tanlagan yöl xaritasi bölişida heç qanday salbiy narsani körmayman, faqat uning maqomini aniqlab oliş lozim»​.

Rossiya Fanlar Akademiyasi Iqtisodiyot instituti Siyosiy tadqiqotlar markazi rahbari Boris Şmelev uning fikrini mantiqan davom ettirdi.

«​Meni öylantirgan masala bu - muddat. Nega mazkur strategiyani amalga oşiriş muddati 5 yil etib belgilandi? Odatda bu uzoq vaqt davom etadigan katta islohotlarni amalga oşirişda mayoq vazifasini ötaydigan hujjat sanaladi. Aks holda, ayni taşabbus töplanib qolgan muammolarni vaqtinça bartaraf etişga harakat qiliş bölib qoladi, xolos. Sizlar davlatning iqtisodiyotdagi roli, mamlakat sud-huquq tizimi haqida gaplaşyapsiz, bu esa kamida 30 yilga möljallangan reja bölişi darkor. Bu joyda Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar qay jarayonda amalga oşiriladi, degan savolni qöyiş haqli. Çunki har qanday islohot katta mablağ talab qiladi. Strategiya esa taklif etayotgan islohotlarning byudjyetini asoslantirib borişi şart.