Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sifatsiz mebel xarid qilgan iste'molchining puli qaytarib berildi
Nukus shahri Mamanbiy ko‘chasi 6-g uy, 8-xonadonda yashovchi fuqaro G.O‘. Nukus shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilib, og‘zaki ariza berdi, deb yozadi Kruz.uz.
Unga ko‘ra, iste'molchi Nukus shahri Go‘ne qala hududida joylashgan mebel sotish joyidan 1.590.000 so‘mga uy jihozini xarid qilgan. Lekin u sifatsiz bo‘lib chiqqan hamda sotuvchi naqd pulga savdo qilishiga qaramasdan chek bermagan. Iste'molchi sotuvchiga mebelni almashtirib yoki pulini qaytarib berishni talab qilsa, sotuvchi bunga norozi bo‘lgan.
Jamiyat tomonidan mazkur ariza o‘rganib chiqilib, Nukus shahri Go‘ne qala hududida savdo qiluvchi tadbirkor E.B. haqiqatdan ham xizmat ko‘rsatish joyida hech qanday hujjatsiz o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganligi aniqlandi. Shuningdek, iste'molchining 1 590 000 so‘m puli qaytarib berilgan.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
16:19 / 16.02.2026
Iste’molchilar shartnomalarida noqulay shartlar cheklanadi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
19:59 / 27.01.2026