Deloitte prognozlariga köra, 2030 yilda sayyoramizning 65 yoşdan katta 60 foizga yaqin aholisi Osiyoda yaşaydi. Bu esa mintaqada bir qator iqtisodiy va demografik muammolarni keltirib çiqaradi. Bu vaqtga kelib Osiyoda Yevropa va Amerikada birga olingandagidan köproq 65 yoşdan katta odamlar yaşaydi. Bunda eng katta yuk Xitoyga tuşadi: bu yerda hozirdayoq 150 mln dan köproq keksa odam yaşamoqda. 2050 yilga kelib bu yerda 15 yoşdan 64 yoşgaça bölgan işçilar soni 70 foizdan 60 foizgaça kamayadi. Keksa yoşli odamlar esa köpayadi, çunki umr davomiyligi yil sayin oşmoqda. Şu tariqa, Xitoy aholisi mamlakat haqiqatan boyib ketişidan avvaloq qariydi.
Soğliqni saqlaş kabi sohalarga bu foyda böladi. Osiyoda hozirda tibbiy sayyohlik ança ommalaşgan. Biroq Osiyo iqtisodiyoti uçun demografik portlaş "ogoh böliş uçun işora"ga aylanişi kerak. Deloitte prognozida aytilişiça, agar jiddiy çoralar körilmasa, qariş sur'atlari Osiyoda iqtisodiy ösişga tösqinlik qiladi. Jumladan, mehnat unumdorligini oşiriş va ayollarni faol mehnatga jalb qiliş ustida işlaşni boşlaş lozim. Yöqsa, Xitoy iqtisodiyoti keyingi ön yillikka kelib 4,2 foizga qulaydi.
Osiyoning qolgan davlatlari ham şu muammoga duç keladi. Xususan, hozirda Tayland, Hongkong, Tayvan, Singapur va Janubiy Koreyada umr köriş davomiyligi yuqori va tuğiliş darajasi kamdir. Demografik tahdid Singapur iqtisodiyotining yaqin 10 yil içida 8,4 foizga, Tayland iqtisodiyotining esa 4,4 foizga ortlaşiga olib kelişi mumkin.
Aksinça, Hindiston işçi kuçiga egalik qiliş böyiça yetakçiga aylanişi mumkin. Bu yerda işçilar soni 2050 yilga kelib 885 mln dan 1,12 mlrd gaça oşadi. "Bu işçilar hozirgilardan köra ma'lumotliroq va malakaliroq böladi. Yangi avlod Hindiston iqtisodiyotini tamomila yangi darajaga olib çiqadi", deb aytdi Deloitte’ning Hindiston iqtisodiyoti böyiça eksperti Anis Çakravarti.
Oqibatda, Xitoy va boşqa davlatlar demografik muammolarining yeçimi muhojirlarni jalb qiliş bölişi mumkin.
Biroq hammasi ham bunçalik ayançli emas. Bunday katta miqdorda iş joylari sanoatning avtomatlaştirilişi va raqamli texnologiyalarga ötilişi sababli kerak bölmay qolişi mumkin. Yaponiya Xitoy va Janubiy Koreya bilan bir qatorda hozirdayoq sanoat robotlarini joriy qiliş böyiça yetakçilardan biri hisoblanadi. Ekspertlarning fikriça, aynan robototexnikaning ommaviy ravişda joriy qilinişi Osiyoning rivojlangan davlatlari uçun demografik inqirozning oqibatlarini yumşatadi.











