Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ijtimoiy dorilar olish uchun byudjyetdan 240 mlrd. so‘m ajratiladi
Vazirlar Mahkamasining 13.09.2017 yildagi 717-son «Davlat tibbiyot tashkilotlarini va respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlashga doir dolzarb chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga 15 kun ichida vazirlikning asoslangan arizalari bo‘yicha transh tarzida ochiladigan 300 mlrd. so‘m miqdorida, foizsiz byudjyet ssudasi beriladi.
Yil oxirigacha, zarurat bo‘lganda idoraga davlat tibbiyot tashkilotlari uchun markazlashtirilgan tartibda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiyot buyumlari xarid qilishga 240 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha byudjyet mablag‘lari ajratiladi.
O‘z navbatida, Sog‘liqni saqlash vazirligi «O‘zmedeksport» RTIDKga uning ustav fondiga hissa tarzida 3 mlrd so‘m mablag‘ ajratadi. Kompaniya tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan preparatlarni sotish cheklangan savdo ustamalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi:
• ulgurji sotish uchun xarid qilish qiymatining 15% miqdorida,
• Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixonalari orqali chakana sotish uchun — ulgurji narxning 20 % miqdorida.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026