Urugvay futbol uyuşmasi (AUF) çempionatning 24 sentabrga belgilangan barça uçraşuvlarini hakamlarning zöravonlikka qarşi butun mamlakat böylab iş taşlaşlari sababli qoldirdi.  

"Urugvay futbol uyuşmasi futbol hakamlarining işlaşdan boş tortişini hisobga olib, uning boşçiligida ötuvçi barça musobaqalarni qoldirdi", deb aytilgan uyuşma xabarida.

Bu qaror esa oliy diviziondagi 5 ta va quyi divizionlardagi bir qator öyinlarning qoldirilişini anglatgan. Uşbu qaror ikki hakam ösmirlar jamoalari öyini vaqtida tomoşabinlar tomondan hujumga uçraganidan keyin qabul qilingan. Hujumga uçragan hakamlardan biri ayol kişi bölgan.