O‘zbekiston | 08:42 / 26.09.2017
10760
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" Guangjouga ilk yuk reysini amalga oshirdi

Foto: "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK

"O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK "Navoiy" xalqaro aeroportidan Xitoyning Guangjou shahriga ilk yuk reysini amalga oshirdi. 

Aviakompaniyaning ta'kidlashicha, yangi yuk tashish aviaaloqasining ochilishi milliy aviakompaniyaga "Navoiy" xalqaro aeroporti parvozlari geografiyasini kengaytirishiga imkon beradi.

Bu mahalliy to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlar eksportchilariga o‘z mahsulotlarini Xitoy bozorida ilgari surish uchun yangi imkoniyatlar beradi va O‘zbekiston hamda Xitoy o‘rtasida iqtisodiy aloqalar va biznes-hamkorlikni mustahkamlashga ko‘mak beradi. 

Ayni vaqtda "Navoiy" aeroportidan milliy aviakompaniya samolyotlarida Frankfurt, Dehli, Dubay, Shanxay va Tyantszinga reyslar amalga oshirib kelinmoqda.

Mavzuga oid