Sport | 15:30 / 27.09.2017
12761
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Leyptsig» futbolchisi turkiyalik muxlislar tufayli o‘yinni oxirigacha yetkaza olmadi

Foto: Beshiktosh klubi

«RB Leyptsig» hujumchisi Timo Verner Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turida «Beshiktosh»ga qarshi kechgan va 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvda tribunalardagi shovqin tufayli maydonni tashlab chiqdi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, 21 yoshli germaniyalik futbolchi turkiyalik fanatlar tomonidan uyushtirilgan bosimga dosh bera olmagan va 32-daqiqada almashtirilgan.

Futbolchi o‘yinni davom ettirishga harakat qilgan, quloqlariga tiqin qo‘ygan, ammo bu foyda bermagan va quloqlarini qo‘llari bilan yopgancha maydonni tashlab ketgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid