Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ayollarga rasman mashina haydashga ruxsat berildi
Saudiya Arabistonida ayollarga haydovchilik guvohnomalari olishga ruxsat berildi. Bu haqdagi qarorni qirol Salmon bin Abdulaziz Al Saud qabul qildi.
SPA axborot agentligining ta'kidlashicha, ayollarning mashina haydash huquqi shariat qonunlariga ko‘ra amalga oshiriladi. Shu bilan birga qirollik hukumati ayollarga avtomobilni boshqarishga taqiqlovning bekor qilinishining “ijobiy tomonlari”ni ko‘rsatgan.
Saudiya Arabistonida ayollarga mashinani haydashga rasman taqiqlov mavjud bo‘lmagan, biroq haydovchilik guvohnomasini faqatgina erkaklar olishlari mumkin bo‘lgan. Agar jamoat joylarida mashina haydayotgan ayol payqalsa, u hibsga olinishi yoki yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin bo‘lgan.
Saudiya Arabistonida oxirgi yillar ijtimoiy tarmoqlarda ushbu taqiqlovga qarshi norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026