Liviyaning şarqida faoliyat yurituvçi muvaqqat hukumat AQŞ prezidenti Donald Trampning migratsiya haqidagi farmoniga javoban AQŞ fuqarolariga Liviyaga kirişni taqiqlab qöydi. 

24 sentabrda Tramp bir qator davlatlar fuqarolariga AQŞga kiriş çeklanişini ma'lum qilgandi. Venesuela, Şimoliy Koreya va Çad fuqarolariga AQŞga kiriş 18 oktabrdan çeklanadi. Taqiqlangan davlatlar röyxatida Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali fuqarolari qolganlar. 18 oktabrdan çeklovlar qat'iylaştiriladi. Avvalgi röyxatdan Sudan, Iroq olib taşlangan. 

“Bu juda xavfli eskalatsiya bölib, u jumladan Liviya fuqarolariga qarşi qaratilgan va ularni qurolli kuçlarimiz kuraşayotgan terrorçilar bilan bir qatorga qöyadi. Bu holat Liviya muvaqqat hukumatini yagona tanlov – aks çora köriş oldiga qöyadi”, deyilgan hukumat saytida.

Liviyada ikkihokimlik saqlanib qolmoqda: mamlakat poytaxti Tripoli va şarqida turli hukumatlar harakat qilmoqda.