Sport | 11:51 / 28.09.2017
13156
2 daqiqa o‘qiladi

Koreyadagi festivalda O‘zbekiston jang san'ati vakillari bosh mukofotga sazovor bo‘lishdi

20-23 sentabr kunlari  Janubiy  Koreyaning Chunju shahrida Butun jahon jang sanatlari uyushmasi (WOMAO)ning 16-Bosh assambleyasi  o‘tkazildi. Anjumanda 50 dan ortiq mamlakatlarning delegatsiya a'zolari ishtirok etdi. Anjumanda o‘tgan ikki yil davomida qilingan ishlar sarhisobi va bo‘lajak musobaqalarni o‘tkazishga da'vogar bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati e'lon kilindi.

22 sentabr kuni esa yakka kurash turlari festivali boshlandi. Unda har bir mamlakat o‘z milliy sport turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi. Quvonarlisi texnik va taktik jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rgan o‘zbek jang sanati ustalari Bolgariya, Janubiy Koreya, Kanada kabi qator mamlakatlarning jamoalarini yirik farq bilan ortda qoldirib, bosh mukofotni qo‘lga kiritishdi.
 
Festival doirasida Janubiy Koreya, Filippin, Malayziya, Hindiston, Vetnam va O‘zbekistonning milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, turli yosh toifalaridagi sportchilar o‘rtasida yakka, juftlik va aralash juftlik hamda jamoaviy chiqishlar, turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Festival 28 sentabrda ham davom etadi. O‘zbek jang sanati ustalari 29 sentabrda Toshkentga qaytib kelishadi. 

Yig‘ilishda kelgusi yil Samarqand shahrida jang sanatlari bo‘yicha ilk marotaba Xalqaro turnir o‘tkazilish malum qilindi. Demak kelgusi yil ko‘hna va navqiron Samarqand shahri yana bir nufuzli sport bayramiga mezbonlik qiladi.

Elmurod Ermatov

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid