Kelajakda mahoratli, iqtidorli, el sevgan futbolchi bo‘lib yetishib chiqmoqchi bo‘lganlar diqqatiga! O‘zbekistonda Germaniya bilan hamkorlikda FC Stuttgart nemis futbol maktabi tashkil etildi.

Endilikda yosh futbolchilar mazkur muassasada Yevropa standartlariga mos ravishda futbol bo‘yicha mahoratlarini oshirish va rivojlantirish imkoniga ega bo‘lishadi.

FC Stuttgart - O‘zbekistonda yagona bo‘lib, nemis jamoalari bilan hamkorlikda maxsus dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

Foto: FC Stuttgart maktabi

Mazkur dastur kelgusida Germaniya davlatining futbol jamoalari o‘rtasida o‘yinlar o‘tkazish, bolalarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha mashqlarni ham o‘z ichiga qamrab olgan.

Foto: FC Stuttgart maktabi

FC Stuttgart’ning afzalligi nimada?

  • Real kasbiy o‘sishlar
  • Futbolga professional tayyorlanish
  • Interfaol, intensiv mashg‘ulotlar
  • Maktab o‘quvchilari Germaniyada tajriba o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi va nemis klublari bilan o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi.
Foto: FC Stuttgart maktabi

Yana bir ajoyib imkoniyat!

Maktabning iqtidorli va qobiliyatli bolalari nemis ligalari safiga qo‘shilishi mumkin.

Barcha mashg‘ulotlar nemis metodikasi asosida qat'i nazorat qilinadi. O‘yinchi darslarning asosiy qismida to‘p bilan ishlaydi va mashq davomida katta e'tibor faqat o‘yin uchun muhim bo‘lgan jarayonlarga qaratiladi.

Foto: FC Stuttgart maktabi

Darslar interfaol usulda, ko‘tarinki ruhda tashkil etiladi. Murabbiy muntazam ravishda o‘quvchining futbol bilan shug‘ullanish jarayonida o‘zlashtirgan ko‘rsatkichlari haqida ota-onalarni xabardor qilib boradi.