Mamlakatda respublika prezidenti Şavkat Mirziyoyevning bevosita taşabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izçil amalga oşirilayotgan Özbekiston Respublikasining beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqiçini boşlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotning barça jabhalarida, eng muhimi, xalqning ongu tafakkuri, intiliş va harakatlarida yaqqol közga taşlanmoqda.

Özbekiston Matbuot va axborot agentligi mana şu  yölda jonbozlik körsatib, fidoyilarça mehnat qilayotgan zamondoşlarning badiiy mukammal obrazlari yaratilişiga hissa qöşiş, bugungi uluğvor bunyodkorlik işlarini tarix zarvaraqlariga muhrlaş,  yozuvçi va şoirlar, jurnalistlar, xususan yoş ijodkorlarni ma'naviy va moddiy jihatdan qöllab–quvvatlaş maqsadida “TARAQQIYoT STRATeGIYaSI VA ZAMONAMIZ QAHRAMONI”  mavzuida badiiy va ijtimoiy-siyosiy asarlar yaratiş böyiça ijtimoiy buyurtmalar loyihasini e'lon qildi.

Ijtimoiy buyurtmalar böyiça yaratiladigan  ijodiy işlar uçun  quyidagi talablar  közda tutilgan:

- aholi uçun  arzon uy-joylar qurilişi bilan boğliq bölgan masalalar, uy joyga köçib kirilişida odamlarning quvonçi, uzoq yillik orzu umidlarining röyobga çiqişini yorqin badiiy böyoqlarda ifodalaş;
- yangi sanoat korxonalari qurib bitkazilayotganligi (masalan,  Jizzax, Buxoro va Qaşqadaryo viloyatlari hududida joylaşgan yirik neftni qayta işlaş zavodlari qurilişi) ;
- respublikada yangidan bunyod etilayotgan keng va ravon yöllar, köpriklar, yer usti metro tarmoqlari, suv inşootlarining quriliş jarayonlari;
- aholini  arzon dori-darmonlar bilan ta'minlaş borasida körilayotgan çora-tadbirlar; 
-  tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar;
-  amalga oşirilayotgan Sud-huquq islohotlari;
- “Xalq qabulxonalari - adolat qörğonlari” mavzuida fuqarolarning  fikrini örganib, joylarda faoliyat körsatayotgan ijro organlarining xalq dardini tinglaş, ularning muammolarni hal etiş borasidagi iştiroki; 
-  mamlakatda hukm surayotgan tinçlik-osoyiştalikning qadriga yetiş, çegaralar daxlsizligini asraş;
- yoşlarni ona yurtga mehr va sadoqat, harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş;
- uzoq yillar Özbekistonda yaşab, fuqaroligi bölmagan, bugungi kunda  pasport olayotgan vatandoşlar qalbidagi çeksiz faxr-iftixor tuyğulari, his-hayajonlarining badiiy ifodasi;