30 yanvar kuni Toşkent şahar IIBB va Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi qoşidagi Majburiy ijro byurosi xodimlaridan taşkil topgan işçi guruhlari yöl harakati qoidalarini buzib jarima tölamagan haydovçilarni aniqlaş böyiça qöşma tadbirlar ötkazişni boşlaşgani haqida xabar bergan edik.
Uşbu xabar IIBBning sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e'lon qilinganidan söng, 125 nafar haydovçilar yöl harakati qoidalarini buzganliklari sababli jarimalarni tölovlarini deyari darhol amalga oşirişgan.
Toşkent şahar IIBB matbuot xizmatining bergan ma'lumotiga köra, 30 yanvar kuni jami 1.071 nafar haydovçilar öz jarimalarini tölagan, tölangan pullarning umumiy miqdori esa 571.051.940 sömni taşkil etgan.
Işçi guruhlar tomonidan 30 yanvar kuni Toşkent yöllarida 712 nafar jarimalar böyiça qarzdorligi bölgan haydovçilar aniqlangan. Natijada ular tomonidan tölangan (yaqindagi bank filialida, elektron tölov tizimlari orqali) jarima miqdori 236.788.640 sömni taşkil etgan.
Jarima maydonçasiga 22 ta avtotransport vositalari joylangan.
“Hurmatli haydovçilar, sizlarga yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jarima tölovlarini öz vaqtida amalga oşirişni tavsiya etamiz. Bundan ham afzali — yöl harakati qoidalarini buzmaslik. Bu nafaqat pulingizni, balki sizning va atrofdagilarning salomatligini va hayotini asraydi”, — deyiladi Toşkent şahar IIBB murojaatnomasida.

















