
Aniq yaşaş joyi bölmagan şaxslarni reabilitatsiya qiliş markazida 147 kişiga issiq kiyim-boşlar va poyabzallar tarqatilgan, deb xabar bermoqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasining rasmiy sayti.
Ta'kidlanişiça, buyumlar şahar hokimligi va Toşkent ŞIIBB xodimlarining sa'y-harakatlari evaziga yiğilgan.
Poytaxtdagi mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan biri esa oğir hayotiy vaziyatga tuşib qolgan insonlarga haftasiga bir marta issiq ovqat tarqatiş majburiyatini öz zimmasiga olganini e'lon qildi. Mana, ikki oydirki, ular haftaning har şanbasida ular reabilitatsiya markaziga kelib, bu yerda saqlanayotgan insonlarga taom pişirib beriş bilan şuğullanişmoqda.
Biz boşpanasiz va hujjatlarsiz qolgan insonlarga yordam qölini çöziş istagida bölganlarga yana bir bor manzil va ulaniş telefonlarini eslatib ötamiz: Toşkent şahri, Yaşnobod tumani, Çaşma köçasi, 3-uy.

Aloqa telefonlari: (98) 367-07- 08 (Markaz boşliği Odil Botirov), (98) 366-01-07 (Markaz boşliği örinbosari Şuhrat Baratov).
















