Savol: Iş beruvçi korxona (taşkilot) navbatdagi mehnat ta'tiliga çiqiş töğrisida yozilgan arizani rasmiylaştirmasdan, «ta'tildan söng böşayman», (posleduyuşçiy uvolneniye) körinişida boşqatdan ariza yozasan deb, majburiy ariza yozdirişga harakat qilmoqda. Lekin men bunday mazmundagi arizani yozmasdan, sizlarga maslahat sörab murojaat qilişga majbur böldim. Iltimos qonuniy maslahat bering.
Erkin Botirov
Javob: Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasiga köra yillik ta'tillarni beriş navbati kalendar yil boşlangunga qadar iş beruvçi tomonidan kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Qoidaga köra, jadval böyiça navbati kelgan xodimga ta'til uning arizasi bor-yöqligidan qat'i nazar berilişi kerak. Lekin, bugungi kunda amaliyotda deyarli barça holatda ta'til uçun xodimdan ariza talab etiladi.
Bu notöğri. Çunki, ta'til beriş vaqti haqida xodim ta'til boşlanişidan kamida ön beş kun oldin iş beruvçining özi yoki korxonaning mas'ul xodimi tomonidan xabardor qilinişi kerak.
Xodim ta'tildan foydalanişga tösqinlik qiluvçi sabablar töğrisida iş beruvçini xabardor qilsa, ta'til iş beruvçi va xodimning kelişuvi bilan boşqa muddatga köçirilişi mumkin.
Ta'til jadvali böyiça navbati kelgan xodimga ta'til öz vaqtida berilmasligi mehnat töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişi (Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks 49-moddasi), deb baholanadi va iş beruvçiga eng kam iş haqining ikki baravaridan beş baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Iş beruvçi xodimdan uning xohişiga zid ravişda «ta'tildan söng mehnat şartnomasini bekor qilişingizni sörayman» mazmunidagi arizani talab qilişga haqli emas.
Va öz navbatida xodim uşbu mazmundagi arizani yozişga majbur emas.
Xodimlar şuni unutmasliklari lozimki, mehnat şartnomasi bu iş beruvçi istagan vaqtda bekor qilib yuborişi mumkin bölgan hujjat emas. Mehnat şartnomasini bekor qiliş tartibiga rioya qilmaslik ham iş beruvçini ma'muriy va moddiy javobgarlikka tortiş uçun asos bölişi mumkin.
Köp hollarda, iş beruvçi xodimdan «öz xohişing bilan böşaşga ariza yoz, bölmasa statya bilan böşataman, keyin seni heç qayerga işga olişmaydi» mazmunida tahdid qiladi.
















