Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekhem italiyalik Karlo Ançelottining «Bavariya»dan iste'foga çiqişini izohlab ötdi. Bekhemning sözlariga köra, u italiyalik 58 yoşli mutaxassisning kelajagiga şubha bilan qaramaydi.
«Karloni yaxşi köraman. U — men uçun eng zöri. U dunyoning eng muvaffaqiyatli murabbiylaridan biri sanaladi. Karloda hammasi joyida böladi», — deya Bekhemning sözlarini keltiradi Cooperativa.
Eslatib ötamiz, Karlo Ançelotti 28 sentabr kuni «Bavariya» boş murabbiyligidan ozod etildi. U jamoa bilan Germaniya çempioni va superkubogi sohibi bölişga ulgurdi.

















