Ispaniya politsiyasi va fuqarolik gvardiyasi xodimlarining Kataloniyadagi mustaqillik referendumiga qarshi harakatlari qarshilikka duch kelmoqda.

Sotsialistlar nashri hisoblanadigan El Pais gazetasi xabariga ko‘ra, saylov uchastkalari atrofi barrikadalar bilan to‘sila boshladi. Qishloqlardan fermerlar yordamga kelgan fermerlar yo‘llarni traktorlari bilan to‘sib qo‘yishmoqda.

Ular shu orqali ispan politsiyasi saylov uchastkalariga saylov hujjatlarini olib ketish uchun kirishiga to‘sqinlik qilishmoqda.

Bundan tashqari, ko‘chalarda yoshu qari referendum davom etishi uchun saylov uchastkalarini o‘rab, to‘sib olishgan.