Şarqiy Afrikadagi Somalilend davlati öz aholisining yuqori darajada savodsizligi bilan ajralib turadi, mamlakat iqtisodiyoti esa fuqarolik uruşi natijasida tanazzulga yuz tutgan. Şunday bölsa-da, Somalilend Yer yuzidagi naqd pullar muomaladan çiqariladigan yagona mamlakat bölişi mumkin.
Özini özi davlat deya e'lon qilgan Somalilendning poytaxti Xargeys köçalarida bir neça erkak köp sonli rastalardan biri atrofiga yiğilgan. Ular kat (köpinça bir vaqtning özida ham qahva, ham kokaninga qiyoslanuvçi yengil giyohvand modda)ning xususiyatlari haqida bahs yuritişardi.
Xaridorlar öz vaqtlarini bekorga sarflaşni yoqtirişmaydi: ular sotuvga ruxsat berilgan bu yaşil barglardan iborat boğini olib, mobil telefonlarida bir neça raqamni şoşilinç terib, qanday paydo bölişgan bölsa, şunday közdan ğoyib bölişardi.
Biroq xaridorlarning heç birida naqd pullar yöq, bu yerda kredit kartalaridan ham foydalanişmaydi. Biroq bu kat bepul beriladi degani emas: u uçun telefon orqali hisoblaşişadi, mobil qurilmada bir neça raqam teriladi, xolos.
Naqd bölmagan tölovlar — bu Somalilend jahonda yetakçilik qiluvçi yagona tizim bölsa kerak.

Somalilend 1991 yilda Somalidan ajralib, özini özi avtonom respublika deya e'lon qildi, xalqaro hamjamiyat esa uni hanuz mamlakat sifatida tan olmagan. Şunga qaramay, bu mamlakatning naqd bölmagan tölovlarni qöllaşda öziga xos yetakçi bölişiga xalaqit bermadi. Somalilend naqd pul vositalaridan voz keçgan jahondagi birinçi jamiyat bölişiga yaqin turibdi.
Yöl çetidagi kioskmi yoki Xargeysdagi supermarketmi - xaridlar mobil tölovlar orqali amalga oşiriladi.
"Odamlar hamma narsa uçun telefon orqali hisoblaşa boşlaşdi, - deydi Omar, öz mobil telefonida raqamlarni terar ekan. - Bu ança oson".
Rivojlangan yoki rivojlanayotgan iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ham telefonlar yoki kartalar orqali tölovlarni amalga oşiriş holatlari köpaymoqda, biroq Somalilenddagi vaziyat öziga xos.
Naqd pullardan voz keçiş sabablaridan biri - bu milliy valyutaning şiddatli devalvatsiyasi. Bugun 1 AQŞ dollari uçun 9000 somalilend şillingi beriladi. Bir neça yil avval bu kurs ikki barobar yuqori bölgan.













