Iqtisodiyot | 12:33 / 19.07.2022
10275
1 daqiqa o‘qiladi

Muomaladagi naqd pullar 40,5 trln so‘mdan oshdi – Markaziy bank

Iyul oyida milliy valutadagi pul massasi 113, 6 trln so‘mga yetgan. Chet el valutasidagi depozitlar hajmi qisqargan.

Foto: KUN.UZ

Markaziy bank iyul oyi uchun pul agregatlari statistikasini e’lon qildi. Raqamlar iyulda milliy valutadagi pul massasi 5,2 trillion so‘mga oshib, 113,6 trillion so‘mga yetganini ko‘rsatadi. Umuman yil boshidan beri iyun oyida birinchi marta milliy valutadagi naqd pullar 7 trillion so‘mgacha oshdi.

Muomaladagi naqd pullar massasi ham mos ravishda o‘sib, 40,5 trillion so‘mni tashkil qilmoqda.

Iyunda 6 trillion so‘mdan ko‘proqqa o‘sish tendensiyasini ko‘rsatgan xorij valutasidagi depozitlar iyulga kelib 5,4 trillion so‘mga kamaygan.

Avvalroq, rubl bosimi fonida O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari mutlaq rekord darajada oshib ketgani ma’lum qilingandi. 2022 yilning olti oyida pul o‘tkazmalari 6,5 million dollarni tashkil qildi.

 

Мадина Очилова
Tayyorlagan Мадина Очилова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid