Özbekiston çempionatining 23-turidan örin olgan «Navbahor» – «Paxtakor» bahsidan söng  mezbonlar ustozi Ilhom Möminjonov öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Bugungi ğalaba bilan barçani tabriklayman. Ğalabani muxlislarga bağişlaymiz. Birinçi davrada ketma-ket duranglar böldi. Öşanda bizni yolğizlatib qöyişmaganliklari uçun rahmat. Bundan keyin ham bu kabi ğalabalarga erişib zafar quçişga harakat qilamiz.

Men Namangan kelganimdan beri halol öyin namoyiş etmoqdamiz. Birinçi bölimda qölimizdan kelgan işni qildik. Yordamçi murabbiy oldingi bahsni yaxşilab tahlil qildi va öz körsatmalarini aytdi. Bugungi ğalabada uning xizmatlari katta böldi. Uçraşuvni töliq bir xil tempda yakunlaş borasida tayyorgarlik olib bordik. Çunki oldingi bellaşuvlarda 65-daqiqadan söng öyinni taşlab yuborayotgandik.

Noyabrda hamma futbolçilarning şartnomasi yakunlanadi. Qolgan turlardan söng futbolçilar bilan yangi şartnomalar borasida muzokaralar olib boramiz», - deya Möminjonovning sözlarini keltiradi Sports.uz.