Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Qozog‘istonga elektr energiyasi uchun 130 mln dollar to‘ladi
O‘zbekiston yetkazib berilgan elektr energiyasi qarzning bir qismini yopish uchun Qozog‘istonga 130 mln dollar to‘ladi. Bu haqda «Kazinform» agentligi KEGOC AJ boshqaruvi raisi Bakitjan Kajiyevga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Kajiyevning qayd etishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston bu borada turli fikrlarga ega edi. «Biz kelishuvga erishib, O‘zbekiston energiya tizimi bilan shartnoma munosabatlarini hal qilganimizdan boshlab, O‘zbekiston 140 mln dollardan ortiqroq qarz bo‘lgan edi», - deb qo‘shimcha qildi u.
Uning aytishicha, bugungi kunda ushbu masalani hal etish ustida ish olib borilmoqda.
KEGOC boshqaruvi raisining ta'kidlashicha, O‘zbekiston qarzning katta qismini to‘lagan. Hozirda, qarz qoldig‘i 11,33 mln dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston 2017 yil oxirigacha qarzning qolgan qismini to‘laydi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026