2001-2014 yillarda «Chelsi» safida to‘p surgan, futbolchilik faoliyatini shu yili yakunlagan angliyalik futbolchi Frenk Lempard London jamoasidagi sheriklarini esladi.

Kim mashg‘ulotlarda hammadan ko‘p mehnat qilardi?

Eng mehnatkash? Jon Terrini ko‘rsatgan bo‘lardim. Men «Chelsi»ga kelganimda, adashmasam Jon 18 yoshda edi, lekin o‘shanda ham hatto, uning o‘z o‘yini ustida ishlashi hayron qoldirardi. Mashg‘ulotlarda yuz foiz kuchini berish bilan birgalikda, u keyin ham bazada qolib, qo‘shimcha shug‘ullanardi. Menimcha, mehnatsevarlik borasida u hammadan ustun edi.

Kim mashg‘ulotlarda kam harakat qilib ham, o‘yinlarda o‘zini ko‘rsata olardi?

Rikardu Karvalyu. Avval uni ko‘pincha vrach xonasida massaj olayotgan holatda uchratish oson edi. U mashg‘ulotlar uchun borini beryapti, deb bo‘lmasdi, lekin o‘yinda himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsata olardi.

Mashg‘ulotlarga kim birinchi bo‘lib kelardi?

Eshli Koul. U har doim hammadan oldin bazaga yetib kelardi. Uning uyi ham yaqinroq bo‘lgan, ham nonushtani barvaqt qilardi. Uni ertalab yo sportzalda yoki fizioterapevt xonasida uchratardik. Lekin Eshli bazani hammadan keyin tark etardi. Uning ishga bo‘lgan munosabatidan o‘rnak olsa arziydi. 

Mashg‘ulotlarga doim kechikib keladigan sheriklaringiz bormidi?

Kecha qolish? Eslashimcha, Nikolya Anelka, lekin uni ham kechga qolish deb bo‘lmaydi, faqat mashg‘ulotlar boshlanish vaqtidan biroz oldin paydo bo‘lardi. Aniqrog‘i, u doim so‘nggi sekundda yetib kelardi. Ha, ba'zida kechga qolgan paytlari bo‘lgan, ammo u menda kechikib yuradigan futbolchi sifatida esimda qolmagan.

Kimning texnikasi eng yuqori bo‘lgan?

Eden Azar. Men o‘z vaqtida Dzola bilan ham o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim, Jo Koulning texnikasiga ham aql bovar qilmas edi. Lekin Eden Azarning maydonda amalga oshiradigan ishlari chinakamiga sehrgarlik. U men uchun juda katta futbolchi.