Don kazaklari IŞID tomonidan Suriyada qölga tuşgan rossiyalik harbiy asirlar sifatida namoyiş etilgan asirlardan biri Roman Zabolotniyni tanişdi. Bu haqda Don harbiy boşqarmasidagi harbiylar, Zabolotniyning xizmatdoşlariga asoslangan holda "Interfaks" agentligi xabar tarqatdi.
"Kazaklar uning qaytişi uçun duo qilişardi. Ular uçun bu video şokka tuşiruvçi video böldi", deyilgan agentlik xabarida.
Manbaning qayd etişiça, Roman Zabolotniy faol va namunali kazak bölgan, u Rossiyada kemaçi bölib işlagan. Oxirgi vaqtlarda u bilan aloqa uzilib qolgandi. Uning Suriyaga ketiş niyatidan heç kimning xabari bölmagan. Hozirda uning xizmatdoşlari Romanning oilasini qöllab-quvvatlaşmoqda.
Bundan avvalroq "Novaya gazeta" naşri asirlikdagi ikkinçi rossiyalik "Harbiy birodarlar. Domodedovo" jamoat taşkiloti a'zosi bölgani haqida yozgandi.
"Ha, bu öşa. U qanday Suriyaga bordiyu, qanday asirga tuşgan ekan. Biz qolganini bilmaymiz", - degandi taşkilot vakillaridan biri naşr muxbiriga.
28 sentabr kuni IŞID jangarilari ikki rus asirni namoyiş etib, ular Suriyaning Dayr-ez-Zavrdagi harbiy harakatlar vaqtida asirga tuşgan rossiyalik harbiy xizmatçilar ekanini ma'lum qilişgandi.
Videoda kulrang korjoma kiygan ikki kişini köriş mumkin, ulardan biri rus tilida gapiradi va Aş-Şol yaqinida asirga tuşganlari haqida aytadi. Bu Rostov viloyatida yaşagan Roman Vasileviç Zabolotniy. U şerigi Surkanov Grigoriy Mixayloviç Moskva viloyati, Domodedovo tumanidan ekanini gapirgan (u butun video davomida jim turgan. Uning yuzida kaltaklaş alomatlari körinib turibdi, uning öng közi kökarib, yumilib qolgan). "Novaya gazeta" muxbiri keyinçalik uning aniq familiyasi Tsurkanov ekanini aniqladi.
Uşbu videoga Rossiya Mudofaa vazirligi munosabat bildirdi va ular Suriyadagi harbiy harakatlar davomida asirga tuşgan harbiylar ekanini inkor etdi.













