Özbekistonda davlat taşrifi bilan bölib turgan Qirğiziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga taşrif buyurdi. 

Oliy martabali mehmon Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qöydi. 

Qirğiziston prezidenti uşbu maydon Özbekistonning tinçliksevar siyosatini, xalqning bunyodkorlik va farovonlik yölidagi ezgu intilişlarini aks ettiruvçi noyob majmua ekanini alohida ta'kidladi. 

Şuningdek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev «Özekspomarkaz»da taşkil etilgan Özbekiston va Qirğiziston sanoat mahsulotlari körgazmasi bilan tanişdi. 

Körgazmada ikki mamlakat sönggi yillarda iqtisodiyot sohasida erişgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-işlab çiqariş markazlarining innovatsion loyiha va işlanmalari namoyiş etilmoqda. 

Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanişar ekan, mamlakatlar örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirişda bunday körgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar. Ikki mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari örtasida hamkorlikning mustahkamlanişi işlab çiqariş jarayoni takomillaşişi va mahsulotlarning yanada ommaviylaşişiga xizmat qilişini ta'kidladilar.