Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 5 oktabr kuni davlat taşrifi bilan mamlakatimizga keldi.
ÖzA xabar berişiça, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida Qirğiziston Prezidenti Almazbek Atamboyev va uning rafiqasini Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan kutib oldi.



Özbekiston Prezidentining 5-6 sentabr kunlari Qirğizistonga davlat taşrifi çoğida bölib ötgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari böyiça fikr almaşadilar.
Özbekiston Respublikasi va Qirğiziston Respublikasi örtasida Qöşma deklaratsiya qabul qilinişi, şuningdek, turli sohalarda özaro aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan qator hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.
Prezidentlarning Toşkent şahrida bölib ötayotgan Özbekiston va Qirğiziston sanoat mahsulotlari körgazmasiga taşrif buyurişi ham rejalaştirilgan.
















