2017 yil 4 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bölib ötdi. Unda senatorlar muhokamasiga 8 masala qöyildi. Şulardan biri “Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş töğrisida” qarori muhokamasi böldi.
Senat tomonidan ma'qullangan qarorga muvofiq, yangi taşkil etilgan parlament komissiyasi fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça, şu jumladan majburiy mehnatdan foydalanişni taqiqlovçi Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini va xalqaro şartnomalarini töliq röyobga çiqariş, biror-bir şaklda majburiy mehnatni keltirib çiqaradigaan holatlarning oldini oliş va ularga yöl qöymaslikka doir çora-tadbirlarni kuçaytiriş, şuningdek mazkur sohadagi işlar holati va olib borilayotgan işlar töğrisida keng jahon hamjamiyati e'tiboriga işonçli axborot yetkazib beriş maqsadida taşkil etildi.
Senator Svetlana Ortiqova rahbarligidagi Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça Parlament komissiyasi davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlari buzilişining, şu jumladan majburiy mehnatdan foydalanişining oldini oliş ustidan parlament monitoringi yuritilişini hamda jamoatçilik nazorati örnatilişini ta'minlaydi.
Senat qaroriga muvofiq, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar Kengaşlari tarkibida Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaş böyiça hududiy komissiyalari tuziladi.
Mazkur hududiy komissiyalar joylarda fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga, şu jumladan majburiy mehnatdan foydalanişning oldini oliş va unga yöl qöymaslikka doir keng tuşuntiriş işlarini olib boradi. Bu borada joylardagi muammolarni va kamçiliklarni örganib boradi.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar, şuningdek jismoniy şaxslar tomonidan fuqarolarning kafolatlangan mehnat mehnat huquqlariga rioya etilişini ta'minlaş, şu jumladan majburiy mehnatdan foydalanişning oldini oliş va unga yöl qöymaslik uçun ta'sirçan nazoratni ta'minlaş maqsadida parlament, deputatlik hamda jamoatçilik nazoratining barça şakllaridan foydalanadi. Agar qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ular böyiça axborotlarni belgilangan tartibda ta'sir çoralarini qöllaş uçun bandlik va mehnat munosabatlarining hududiy organlari va prokuratura organlariga taqdim etadi.
Parlament komissiyasi fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlaşga, şu jumladan majburiy mehnatdan foydalanişning oldini oliş va unga yöl qöymaslikka doir Özbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro şartnomalarini bajariş yuzasidan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy hokimiyat organlari hamda boşqa taşkilotlar rahbarlari tomonidan körilayotgan çora-tadbirlarning samaradorligini körib çiqiş natijasi yuzasidan yiliga kamida bir marta Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi muhokamasiga kiritib boradi.












