Jahon | 18:10 / 05.10.2017
8370
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya bosh vaziri Kataloniya hukumatini ahdidan qaytishga chaqirdi

Foto: Reuters

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy EFE uchun bergan intervyusida Kataloniya hukumati mustaqillikka erishish niyatidan voz kechishi kerakligi haqida gapirdi.

Uning fikricha, Kataloniya jyeneralitati rahbariya Karles Puchdemon eskalatsiyadan qochish uchun referendum va uning natijalaridan voz kechishi kerak.

«Uning qarori qat'iymi? Yaxshisi ular mustaqillikni e'lon qilmasligi kerak», — deya qayd etgan Raxoy.

Ispaniya bosh vaziri shu orqaligina «og‘ir oqibatlardan» qutulib qolish mumkinligini aytgan.

Bundan avvalroq Karles Puchdemon Ispaniya qiroli Felipe VI ni «millionlab kataloniyaliklar irodasi»ni inkor etishda ayblagandi. Undan avvalroq monarx referendumga va uning natijalariga qarshi chiqqandi.

Puchdemon Kataloniya yaqin kunlarda mustaqillik e'lon qilishini aytgan.

Kataloniyada mustaqillik referendumi 1 oktabr kuni o‘tkazildi. Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, ovoz berganlarning 90 foizi hudud Ispaniyadan ajralishini yoqlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid