Qirğiziston prezidenti devonining taşqi siyosat masalalari böyiça boşqarmasi boşliği Oyzoda Subaköjoyeva jurnalistlarga Almazbek Atamboyev Özbekistonga nima uçun borayotganini ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, 5-6 oktabr kunlari Qirğiziston prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi amalga oşiriladi. Bu sönggi yil davomida ikki mamlakat örtasida yuzaga kelgan qalin siyosiy muloqotning muhim davomi böladi. Taşrif doirasida muzokaralar tor doirada va kengaytirilgan tartibda ötkazilişi rejalaştirilgan. Muzokaralar çoğida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, jumladan, savdo-iqtisodiy va transçegaraviy hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. 

«Ayni paytda, qayta işlaş sohasi, töqimaçilik sanoatida qöşma loyihalarni işga tuşiriş va Qirğizistonning YeOIIdagi a'zoligi hamda Yevropa Ittifoqi bozoriga kiriş imkonini beruvçi VSP+ maqomini e'tiborga olgan holda, logistika markazlarini taşkil etiş ehtimoli körib çiqilmoqda», - dedi Oyzoda Subaköjoyeva.

Taşrif kunlari «Özbekiston va Qirğiziston - globallaşuv doirasida hamkorlik» biznes-forumini ötkaziş möljallangan. Unda Qirğizistonning 250 nafar yirik tadbirkori iştirok etadi. Şuningdek, Qirğiziston va Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlar körgazmasini ötkaziş ham rejalaştirilgan. Biznes-forum hamda körgazma doirasida aniq bitimlar va şartnomalar imzolanadi. 

Prezidentlar transport va energetika sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar. Transport sohasida tomonlar Qirğiziston va Özbekiston iştirokida xalqaro avtotransportni taşkil etiş, avtobus yönalişlarini qayta tiklaş va havo qatnovini köpaytiriş masalalarini muhokama qilmoqçi.

Energetika sohasidagi hamkorlikka kelsak, ikki davlat rahbarlari örtasida muzokaralar mavzusi Qirğizistondan Özbekistonga elektr energiyasi eksporti va Qambarota GES-1ning birgalikdagi qurilişi böladi.

Şu bilan birga, Oyzoda Subaköjoyeva hozirça gap qandaydir aniq bitimlar haqida ketayotgani yöqligini ta'kidladi. Bu yerda faqat rejalar haqida söz bormoqda, hamma variant va imkoniyatlar örganilmoqda.

«Ikki davlat rahbarlarining sentabr oyidagi uçraşuvi natijalari böyiça aniq özgarişlar mavjud. Beşta nazorat-ötkaziş punkti va çegarani kesib ötiş joylari işi tiklandi, suv xöjaligi obektlari hamda davlat çegarasining qolgan qismi böyiça muzokaralar yölga qöyildi. Sönggi vaqt içida çegaraning yana 40 kilometri belgilab olindi. Muzokaralar jadvalga muvofiq davom etmoqda», - degan Oyzoda Subaköjoyeva.

Taşrif doirasida Almazbek Atamboyev va Şavkat Mirziyoyev ratifikatsiya hujjatlarini 2017 yil 5 sentabr kuni Bişkek şahrida imzolangan davlat çegaralari töğrisidagi şartnoma asosida almaşadilar. Davlat rahbarlari darajasida Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va işonçni mustahkamlaş töğrisidagi deklaratsiya imzolanadi.