Köksaroy qarorgohida Qirğiziston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Bu haqda prezident rasmiy saytida xabar berilgan.
Oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Şavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev şohsupaga kötarildilar. Özbekiston va Qirğizistonning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan ötdilar.

Şundan söng davlat rahbarlarining tor doiradagi uçraşuvi boşlandi. Muloqotda mamlakatlarimiz örtasidagi özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilinişi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşilişi rejalaştirilgan.
















