Perudagi Masamari aviabazasida mamlakat harbiy-dengiz kuçlarining An-32 samolyoti politsiya bölimiga borib urildi. Bu haqda El Comercio naşri xabar bermoqda.   

Naşrda ta'kidlanişiça, samolyot politsiya bölimiga urilişidan oldin uçiş-qöniş yölagi taşqarisiga çiqib ketgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, voqea samolyot tormoz tizimining nosozligi sababli yuz bergan. Voqeaning rasmiy sababi tergov yakunlangandan keyin ma'lum böladi.

Diario Correo naşrining ta'kidlaşiça, voqea vaqtida samolyot bortida 70 ga yaqin harbiy bölgan. Ma'lum qilinişiça, töqnaşuv oqibatida heç kim jabrlanmagan.