Köksaroyda kengaytirilgan tarkibdagi Özbekiston – Qirğiziston muzokaralari bölib ötdi.

Muzokaralar Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning tor doiradagi muzokaralari yakunidan keyin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida davom etdi. 

ÖzA xabariga köra, muzokarada Özbekiston bilan Qirğiziston örtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qişloq va suv xöjaligi, madaniyat va boşqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi muzokaralardan söng ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi böldi. 

Prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Almazbek Atamboyev Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiziston Respublikasi örtasida strategik şeriklik, döstlik, ahil qöşniçilik va işonçni mustahkamlaş töğrisida deklaratsiyani imzolaşdi. 

ÖzA xabarida qayd etilişiça, mamlakatlar örtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 10 dan ortiq hujjat imzolandi.