2017 yilning 5 oktabrida yaponiyalik maşhur rejissyor Kiyosi Kurosava boşçiligidagi “Loaded Films Co.Ltd” kompaniyasi vakillari Kinematografiyani rivojlantiriş markazida bölib, özaro hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, kelajakda Yoş kinoijodkorlar kengaşi bilan yaqindan hamkorlik qilib, yangi loyihalar ustida işlaşga kelişib olişdi.
Bu yil Özbekiston hamda Yaponiya uçun tarixiy sanalarga boy. Bir tomondan har ikki mamlakat örtasida diplomatik aloqalar örnatilganiga 25 yil tölgan bölsa, yana bir tarixiy sana bu Alişer Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri binosining qurilganiga 70 yil tölişidir. Bundan 70 yil avval xalqimizning sevimli maskanlaridan hisoblangan mazkur teatrning qurilişida yaponiyalik harbiylar iştirok etişgan edi.

Kiyosi Kurosavaning Özbekistonga taşrifidan közlangan asosiy maqsad esa har ikki mamlakat döstligi, hamkorligining yorqin namunasiga aylanuvçi qöşma badiiy filmning suratga olinişidir.
Taniqli rejissyorning suratga olişni rejalaştirayotgan filmining boş qahramoni özbek millatiga mansub inson bölişi rejalaştirilgan. Suratga oliş işlari 2018 yilning mart-aprel oylarida bölib ötişi belgilangan filmning yurtimizni dunyoga keng tanitişga xizmat qilişi tabiiy. Mazkur ijodiy jarayonda 40 kişidan ortiq yaponiyalik guruh iş olib boradi.
“Özbekkino” milliy agentligi, Kinematografiyani rivojlantiriş markazi hamda Yoş kinoijodkorlar kengaşi filmni suratga olişda yapon kinoijodkorlari bilan aktyorlar kastingini taşkil etiş, jarayonni moddiy-texnik ta'minlaş va boşqalarda hamkorlikni amalga oşiradi.
Yaponiya delegatsiyasi Markazda yoş rejissyor Muxlisa Azizova rejissyorligidagi “Ona” (“U”) filmi hamda Yoş kinoijodkorlar kengaşining ilk ijodiy işi hisoblangan “Welcome to Bukhara” promo-roligini tomoşa qilişarkan, yoşlarning ijodiga yuqori baho berişdi va özbek-yapon filmida ham özbek yoşlari bilan hamkorlik qiliş taklifini bildirişdi.
















