Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik siyosatchi tinchlikparvar konstitutsiyani o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surmoqda
Yaponiyada yaqinda tashkil etilgan "Umid partiyasi" yetakchisi, Tokio gubernator Yuriko Koike mamlakat parlamentining quyi palatasi uchun saylovlardan avval, Yaponiya konstitutsiyasining 9-moddasini o‘zgartirish tarafdori ekanini bildirmoqda.
"Biz konstitutsiyaga, xususan 9-moddaga o‘zgartish kiritishni muhokama qilamiz. Bizning davrimizda konstitutsiya qanday bo‘lishi kerak, degan masalada bahs-munozaralar o‘tkazamiz", — degan Koike Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Yaponiya Asosiy qonunining 9-moddasida "yapon xalqi millatning suveren huquqi sifatidaa abadiy urushdan, tahdiddan yoki xalqaro kelishmovchiliklarni hal etish vositasi sifatida qurolli kuchlarni qo‘llashdan voz kechadi", deyiladi.
Koikening yodga olishicha, KXDR tomonidan raketa tahdidlari paydo bo‘lgani tufayli bu masala kun tartibiga chiqmoqda.
Qayd etish joiz, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham so‘nggi yillarda 2020 yilga kelib Yaponiya tinchlikparvar konstitutsiyasini o‘zgartirish fikrini ilgari surib keladi.
Mamlakatning urushdan voz kechishi Ikkinchi jahon urushidan keyin konstitutsiyaga kiritilgan edi. Shundan so‘ng, Yaponiya o‘z armiyasini ham tashkil etishdan bosh tortdi va ayni kunlarda Yaponiya qurolli kuchlari "o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari" deb ataladi.
Yaponiya parlamenti quyi palatasiga navbatdan tashqari saylovlar 22 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
07:32 / 28.02.2026
Quyosh chaqnashlari zilzilani qo‘zg‘atishi mumkinmi? Yapon olimlarining yangi gipotezasi
22:40 / 22.02.2026
Onasiz maymuncha IKEA kompaniyasiga millionlab dollar foyda keltirdi
15:28 / 22.02.2026
Tashlab ketilgan maymun bolasi internet yulduziga aylandi
08:40 / 09.02.2026