«Ba'zilar Özbekiston bilan hozirgi munosabatlar ahamiyatini keyinroq tuşunadilar», - deya ma'lum qildi Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan tor doiradagi uçraşuvda. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Prezident özbekistonlik hamkasbi bilan uçraşişdan juda mamnun ekanligini ta'kidladi. Almazbek Atamboyev bir kun oldin Bişkekda aholi bilan uçraşganini va Özbekistonga taşrifi haqida xabar topgan odamlar Şavkat Mirziyoyevga iliq sözlarni yetkazib qöyişni tayinlaşganini aytib ötdi.

"Odamlar siz - haqiqiy döst, Qirğizistonning birodari ekanligingizni aytdilar. Bu qabul qilingan tarixiy qarorlar tufaylidir. Biz köp yillar davomida işlamagan va insonlarning öz qarindoşlari hamda yaqinlari bilan körişişiga xalaqit bergan nazorat-ötkaziş punktlarining oçilişini körmoqdamiz. Bu punktlarning oçilişi - sizning donoligingiz va uzoqni köra bilişingizdir. Tarixga qarasak, biz bir vaqtlar katta davlatning - Qöqon xonligining bir qismi bölgan edik. Bizning kuçimiz birgalikda bölganimizda edi. Misol uçun, agar onasi qirğiz bölsa, otasi özbek va aksinça. Buni barçamiz yodda saqlaşimiz kerak. Bizning munosabatlar darajasini yangi çöqqilarga olib çiqiş lozim, ular qadim zamonlardagi kabi bölişi kerak. Agar kimdir hali ham tuşunmagan bölsa, ular vaqt ötişi bilan bugungi qarorlarning qançalik muhimligi va taşriflar qançalik tarixiy bölganini anglab yetişadi”, - deya xulosa qilgan Almazbek Atamboyev.