Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun Toşkentda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan bölib ötgan muzokaralar yakuniga bağişlab ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Qirğizistondagi millatçilar va demagoglar haqida söz oçdi.

Uning sözlariga köra, 6 yil prezidentlik davrida taşqi kuçli, turli siyosatçilar va siyosatdonlar tomonidan uyuştirilgan çegaralardagi töqnaşuvlar uning uyqusiz tunlariga sabab bölgan.

«Ular katta talofat yetkazişlari mumkin edi. Eslayman, siyosatçilarning biri, ayni paytda prezidentlik uçun nomzod çegaraning bahsli hududini borib kuç bilan egallaşga çaqirgan edi. Belgilanmagan va çeklanmagan çegara turli demagoglarni qörqinçli xatti-harakatlarga undaydi», — deya iqror böldi Almazbek Atamboyev.

«2010 yilgi fojiali voqealardan söng bizda millatçilar boş kötardi. Hozir ular baynalmilalçilar bölib olişgan, çunki biz millatçilik va separatizm uçun qamay boşladik. Uç kişi millatlararo nifoq uruğini soçganlik uçun jinoiy muddatlarga hukm qilindi. Men «Manas»ni öqiganimda u öz xalqini quroqlardan yiqqani haqidagi sözlarga közim tuşdi. Şunda men homiylarni topib markaziy maydonda Manasga haykal örnattirdim. Öşanda şaharda Manasga yana bitta haykal nega kerakligi haqida gapira boşlaşdi. Bu şuning uçun kerakki, qirğizlar köpmillatli xalq ekanligimizni unutmasliklari kerak. Biz buni esdan çiqarmasligimiz, millat, köz biçimi, tana rangiga qarab ajralmasligimiz kerak. Fikrimça, qandaydir kuçlar bizda boşqa fojia alangasini yoqa olişmaydi, onalar köz yoşi ortiq tökilmaydi», — dedi Almazbek Atamboyev.

Almazbek Atamboyev Qirğiziston tarixida qanday iz qoldirişni xohlayotganini ham aytib ötdi.

«Men siz (Ş.Mirziyoyev) bilan birgalikda tarixda mojarolar, minalar va bahsli hududlar çegarasini döstlik çegarasiga aylantirgan prezidentlar sifatida qolmoqçiman», — dedi Almazbek Atamboyev.

«Biz örtadagi barça savollarni olib taşlagan prezidentlar sifatida yodda qolişimizni istardim. Fikrimça, şu oy mobaynida, masalan, Çölpon-Otada uçraşişimiz ham mumkin. Balkim öşa vaqtgaça qolgan savollarni ham hal qilarmiz. Ha, biz endi yagona davlat tuza olmaymiz, lekin bir-birimiz bilan hamjihat bölib işlaşimiz va rivojlanişimiz mumkin. Oldinda birodar xalqlarimizga katta manfaat keltiruvçi ulkan işlar bizni kutib turibdi. Vakolatimni yangi prezidentga topşirgunimga qadar qolgan hujjatlarni ham imzolaymiz. Fikrimça, keyingi prezident ham şu yölni davom ettiradi. Asosiysi, bu yölni siz oçdingiz, Şavkat Miromonoviç. Siz nafaqat Özbekiston xalqi, Qirğiziston ham kutgan prezidentsiz», — dedi Almazbek Atamboyev.