6 oktabr kuni Rossiyaning Vladimir viloyatida avtobus va poyezd töqnaşuvi yuz berişi oqibatida halok bölgan özbekistonliklar soni haqida oxirgi ma'lumotlar berildi.
Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga köra, uşbu yöl-transport hodisasi oqibatida 16 kişi halok bölgan, şundan 15 nafari Özbekiston fuqarolari edi.
Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Bahrom Aşrafxonov ham fojiada qurbon bölgan Özbekiston fuqarolari soni 15 nafarligini tasdiqladi.
Uning ma'lumot berişiça, yana 5 nafar özbekistonlik turli darajadagi jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan. Ularning ikkisi yoş bolalar, biri 1,5 yoşda, ikkinçisi 3 yoşda. Şifokorlar ularning hayotini saqlab qoliş uçun kuraş olib bormoqda.
Qozoğiston hududidan Rossiyaga yöl olgan avtobusda jami 58 kişi bölgan, şundan 56 nafari özbekistonlik bölgan.
Vladimirdagi fojiadan omon qolgan özbekistonliklar röyxati e'lon qilindi
Bundan avvalroq Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasining Moskva şahridagi Elçixonasiga asoslangan holda Vladimirdagi fojia oqibatida halok bölgan özbekistonliklar soni 19 nafar bölgani haqida xabar bergandi.













