"Neyt" tropik shamoli oqibatida Markaziy Amerika davlatlarida 20 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatlar xabar bermoqda.
Meksikaning Financiero portali ma'lumotlariga ko‘ra, Nikaragua va Kosta-Rikada 22 kishi halok bo‘lgan. Tabiiy ofat sababli yana 3 kishi Gondurasda hayotdan ko‘z yumgan.
Nikaraguada daryolar qirg‘oqlaridan chiqib ketgan, butun mamlakat bo‘ylab trevoga e'lon qilingan va maktablar yopib qo‘yilgan. Kosta-Rikada favqulodda vaziyat e'lon qilingan va barcha ta'lim muassasalari yopib qo‘yilgan. 5 mingga yaqin odam vaqtinchalik boshpanalarda qolishga majbur bo‘lmoqda.
Ma'lum qilinishicha, Nikaragua sohillari yaqinida vujudga kelgan "Neyt" shtormi markazida shamol tezligi 64 km/soatni tashkil qilmoqda va hozirda soatiga 12 km tezlik bilan shimoli-g‘arbiy tomon harakatlanmoqda.















