"Özbekiston va Qirğiziston örtasidagi munosabatlarda hal qilinmagan masalalar mavjud emas", - deya ma'lum qildi bugun Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan tor doiradagi uçraşuvda. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.
Özbekiston prezidenti Almazbek Atamboyev orqali Qirğizistonning barça xalqiga minnatdorçilik bildirmoqçi ekanini ta'kidladi. Uning qayd etişiça, Qirğiziston rahbarining kelişi Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentabr oyida Bişkekka taşrifi çoğida erişilgan kelişuvlarning davom etişi belgisidir.
"Öylaşimça, tarix öz sözini aytadi. Qisqa vaqt içida biz birodar va döstona davlatlarning şunday özaro tuşuniş va munosabatlariga erişdik. Bizning xalqlar buni munosib baholaşadi. Ostona va Pekindagi uçraşuvlardan söng biz siyosatning barça sohalarida katta natijalarga erişganimizni aytişim mumkin. Bizda yeçimini topmagan heç qanday masala yöq. Savdo-iqtisodiy aloqalarda ham hamma narsa yaxşilanmoqda. Bişkekda, Öşda va bugun Toşkentda körganimiz buning isbotidir. Biznes bir-birini topadi. Agar biz xalaqit bermasak, tovar ayirboşlaş faqat hajmi ösib boradi", - degan Şavkat Mirziyoyev.
Özbekiston prezidenti çegara hududlaridagi munosabatlar hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yölga qöyilganini ta'kidlab ötdi. Şavkat Mirziyoyevning eslatişiça, bugun tomonlar özaro munosabatlarni, jumladan harbiy-texnikaviy hamkorlikni yana bir bora muhokama qiladi.
"Işonçim komilki, bugungi uçraşuv va davlat taşrifi siz va sizning donoligingiz tufayli tarixiy böladi. Bu siz bizning ikki tomonlama munosabatlarimizga ehtiyotlik bilan munosabatda bölayotganingiz sababli röy berdi. Bu sizning Özbekiston va özbek xalqiga bölgan katta şaxsiy munosabatingiz va uning tarixini yaxşi bilişingizdir", - deya xulosa qilgan Şavkat Mirziyoyev.

















