Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyev bilan ikki mamlakat delegatsiyalarining advokati böliş işlaşayotgani aytib ötdi. 24.kğning yozişiça, bu haqda u bugun Toşkentda Qirğiziston prezidenti bilan kengaytirilgan tarkibda bölib ötgan uçraşuvlar mobaynida aytgan.
Mirziyoyevning sözlariga köra, sönggi 25 yil içida davlatlar örtasida bu qadar döstona aloqalar bölmagan. Şavkat Mirziyoyevning işonçiga köra, bunga sabab — Almazbek Atamboyevning oqilona siyosati va u tufayli tomonlar hamkorlikka va bugun imzolanadigan bitimlarga erişişgan.
«Biz barça tösiqlarni olib taşlaş uçun yana 5–6ta bitim haqida kelişib olmoqdamiz. Savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida gapiriladigan bölsa, sönggi yarim yilda mamlakatlarimiz örtasidagi tovar aylanmasi 8–10 barobarga oşdi. Hammasiga sabab ikki davlat rahbarlarida kelişilgan narsalarni amalga oşiriş uçun siyosiy iroda bor. Bugun biznes-forumda 200 million dollarga yaqin summada şartnomalar imzolandi. Biroq bu katta, qunt bilan bajariladigan, jiddiy işlarning boşlanişidir. Men buni juda qadrlayman», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
«Biz, ikki prezident delegatsiya a'zolarining advokatimiz. Ular hamjihatlikda natija uçun işlaşni biroz unutişgan, biroq endi könikiş kerak», — dedi Ş.Mirziyoyev.
«Biz öz vazirlarimizga bitimga çiqişlari uçun qat'iy topşiriq berdik. Bir oy-bir yarim oydan keyin yana uçraşganimizda, barça masalalar yeçilgan bölişi uçun. Xalqlarimizning mentaliteti va ma'naviyati yaqin. Biz bitta tilda gaplaşamiz, bölişadigan narsamiz yöq. Biz bugun hamma narsa haqida kelişib oldik, deb öylayman. Agar toza formal masalalar yoki tuşunmovçiliklar bölsa, bugun keçqurungaça hammasi yeçilişi kerak. Biz kelişib oldik, agar lozim bölsa, ertaga ertalab yana yiğilib, masalalarning oxirigaça hal qilamiz», — deya sözlarini yakunlagan Mirziyoyev.
















